Yangiliklar
Diqqat, e’lon! 16–18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
  • 14.03.2024
  • 204

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki”  shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘iga asosan, Aksiyadorlik jamiyatining barcha boshqarma, bo‘lim, xizmat va filiallarida,

2024-yil 16–18-mart kunlari,

2018-yil 10-mayda e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga  barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”dagi 349-sonli qarorida qo‘yilgan talablarga hamda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etgan holda hududlarda umumxalq xayriya hashari tashkil etiladi.

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki”  shiori ostida umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz!

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>