Yangiliklar
Namangan viloyati: 4 kunda 5 mlrd 70 mln soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlandi
  • 20.02.2024
  • 120

#nazorat

Joriy yilning 14 – 17-fevral kunlari Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar, shuningdek, elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 61 ta holat aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ular tomonidan tizimga 5 mlrd 70 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

Misol uchun, Chortoq tumanida joylashgan “CH.M.V.” MCHJda elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilishi natijasida 1 mlrd 683 mln soʻmlik elektr energiyasi oʻgʻirlangan.

Toʻraqoʻrgʻon tumanida esa “S.S.M.” MCHJ oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanib, davlat manfaatlariga 319,9 mln soʻmlik zarar keltirgan.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/10605

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>