Yangiliklar
Bosh prokuratura: «Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning!»
  • 24.01.2024
  • 169

Yoqilg‘i - energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqaro O.O.  tijorat maqsadida yer maydoniga tarvuz mahsulotini yetishtirish uchun suv nasoslarini elektr energiyasi tarmog‘iga o‘zboshimchalik  bilan ulab, 145 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta'minlanadi.

Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo‘ling!

Telegram  | Instagram  | YouTube  | Veb-sayt

Manba: https://t.me/uzbprokuratura/36089

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>