Yangiliklar
Prezident: «Bu raqamlar bizni qoniqtirmaydi. Bular asosan importga qaramlik va energiya iste’moli yuqoriligi hamda ortiqcha xarajatlar ko‘pligi sababli bo‘lmoqda»
  • 16.01.2024
  • 206

Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish avvalida iqtisodiy kompleks mavzusi birinchisi ekani, kelgusida barcha soha va tarmoqlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilishi ta'kidlandi.

O‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qilgani, bu yil ham bu borada katta rejalar olingani qayd etildi. Ularni amalga oshirish uchun iqtisodiy kompleks juda qattiq ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Iqtisodiy kompleksda jami 40 nafar rahbar o‘rinbosarlari bor. Lekin, hozir iqtisodiyotga mas’ullarda zamonga munosib fikrlash, qaror qabul qilishda tezkorlik yetishmayapti. Ayrim rahbar o‘rinbosarlari o‘ziga mas’uliyat olmasdan, mudrab o‘tirgani tanqid qilindi.

Davlat rahbari tizimni qayta ko‘rib chiqib, iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish bo‘yicha taklif kiritishga topshiriq berdi.

Bunda har bir tumanda, viloyatdagi iqtisodiy kompleksning rahbar va o‘rinbosarlari hamda 11 ta vazir va idora rahbari, o‘rinbosarlariga mas’uliyati va javobgarligi aniq belgilab beriladi. So‘rov ham shunga yarasha qattiq bo‘ladi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>