Yangiliklar
E'TIBOR VA E'TIROF–2023: Surxondaryolik hamkasbimiz “Energetika faxriysi” unvoniga sazovor bo‘ldi
  • 29.12.2023
  • 95

Avval  xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida 2023-yilda bajarilgan ishlar sarhisobi hamda 2024-yilga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan turli yig‘ilish va tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ishchi tartibdagi bunday yig‘ilishlarda mehnat faoliyatida katta yutuq va natijalarga erishgan ishchi-xodimlarimiz rag‘batlantirilib, Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda ko‘psonli jamoaning e'tirofiga sazovor bo‘lishmoqda.   

Misol uchun, bugun «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali bosh muhandisi Toshbolta Xollievich Jo‘raevga «Energetika faxriysi» unvoni tantanali ravishda topshirildi.

⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati jamoasi e'tibor va e'tirofga sazovor bo‘lgan barcha energetiklarni samimiy muborakbod etadi.

 

 

Facebook  ‖  Instagram   ‖ Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>