O‘zbekiston Respublikasida umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi va quvvati 1150 MVt•soat bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish loyihalarini amalga oshirish bitimi imzolandi.
Bitim O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi o‘rtasida imzolandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining sakkizta hududida energiya saqlash tizimlaridan foydalanish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Bitim Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning “China Geuzhoba Group” kompaniyasi o‘rtasida imzolandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Manba: https://t.me/minenergy_uz/10098
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati