«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi Investitsion loyihalarni amalga oshirish guruhiga 1 nafar Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha mutaxassis-ekolog ishga taklif etiladi.
Atrof-muhit muhandisi (ekolog) quyidagilarni bilishi lozim:
- Ekologik qonunchilik: ekologik me'yorlar va qoidalar tizimlari;
- Korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi va uning rivojlanish istiqbollari;
- Korxonaning texnologik jarayonlari va ishlab chiqarish usullari;
- Oldindan rejalashtirilgan, loyihalashtirish va loyihalash materiallarini ekologik ekspertizadan o‘tkazish tartibi.
- Amaldagi ekologik qonunchilik, loyihada atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar, standartlar va me'yorlarga rioya qilinishini nazorat etish, ishlab chiqarish omillarining ishchilar hayoti va sog‘lig‘iga zararli ta'sirini kamaytirishga yordam beradi;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining istiqbolli va joriy rejalarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
- Atrof muhitga ta'sirni baholash, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqarish, mavjud obyektlarni kengaytirish va rekonstruksiya qilish loyihalari, shuningdek, yaratilayotgan yangi texnologiyalar va uskunalarni joriy etish choralarini ishlab chiqishda qatnashadi.
Korxona joylashgan hududda atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga va atrof-muhitning holatiga rioya qiladi.
YARATILGAN SHAROITLAR:
● O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;
● Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;
● Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Batafsil ma'lumotlar uchun: +998 71-236-6851.
Rezyumelar faqat elektron shaklda elektron pochta orqali qabul qilinadi: kadr_nes@mail.ru; info@uzbekistonmet.uz
Murojaatlar e'lon qilingan talablarga mos ravishda bo‘lishi hamda mutaxassislar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini ko‘rsatayotgani elektron murojaat tarkibida bo‘lishi talab etiladi.
Qo‘shimcha ma'lumot: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining elektron manzillarini kuzatib boring!
Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz
Telegram: https://t.me/uzmetaxborotxizmati
Facebook: https://www.facebook.com/
Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
Bo‘sh ish o‘rinlari: http://uzbekistonmet.uz/uz/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati