Yangiliklar
Muhim infratuzilmani terroristik hujumlardan himoya qilish boʻyicha milliy xabardorlikni oshirish seminar-treningi
  • 19.12.2023
  • 217

2023-yil 13-15-dekabr kunlari Toshkentda muhim infratuzilmani terrorchilik xurujlaridan himoya qilish bo‘yicha Milliy seminar bo‘lib o‘tdi. YXHT PROTECT loyihasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu muhim tadbirda yetakchi mutaxassislar, jumladan, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali Xavfsizlik va maxsus ishlari guruhi yetakchi mutaxassisi Murodjon Mashrabovich Tuychiyev ishtirok etdi.

Trening davomida Daniel Golston, YXHTning terrorizmga qarshi bo‘limining katta dastur xodimi, Elis Volken, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi missiyasi rahbari o‘rinbosari, Olga Lanchenko, BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining Dastur boshqaruvi xodimi kabi xalqaro ekspert va martabali mehmonlar oʻz ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

Sessiyalar davomida YXHT majburiyatlari va faoliyatiga, shuningdek, muhim infratuzilmani himoya qilish mavzulari keng qamrab olindi. Obyektlarning toifalarga boʻlinishi va zaifligi, terrorchilik tahdidlarini kamaytirish usullari va turli tarmoqlarning oʻzaro bogʻliqligi muhokama qilindi.

Ushbu tadbir muhim infratuzilmaning xavfsizligi va ehtimoliy tahdidlardan himoyalanishini ta’minlashda muhim qadam boʻldi.

Тошкент шаҳар магистрал электр тармоқлари” филиали

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

>