Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati xodimlarining axborot va kiberxavfsizlik borasida bilim-malaka hamda ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratilgan seminar-trening tadbiri tashkil etildi
  • 02.11.2023
  • 319

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ-764-sonli “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xodimlarining axborot va kiberxavfsizlik borasida malakalari, bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida seminar-trening tadbiri tashkillashtirildi.

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Artikov Sobirjon Sadullayevich tomonidan “O‘zbekiston MET” AJda axborot va kiberxavfsizlik hamda internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish, axborot texnologiyalari sohasidagi qurilmalarida ekspluatatsiya ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha loyihalarni o‘rnatilgan tartibda qat’iy nazoratga olish, Jamiyatning axborot va kiberxavfsizlik chora-tadbir rejasi dasturida doirasida belgilab olingan vazifalarni muddatida bajarilishini ta’minlash, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan chiqarilgan farmon, qaror va bayonlarda yuklatilgan topshiriqlar ijrosini bajarilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, shuningdek, axborot va kiberxavfsizlikga qo‘yilgan barcha topshiriqlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan qo‘yilgan barcha topshiriqlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida Axborot va kiberxavfsizlik sohasiga oid seminar-trening tadbirini tashkillashtirishda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassisi Ayubdjanova Venera Usmanovna ham qatnashdi. Mutaxassis tomonidan Aksiyadorlik jamiyatida axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan va Jamiyat xodimlari uchun muhim bo‘lgan axborotlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Shuningdek, axborot va kiberxavfsizlikga doir loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish, Jamiyatda mavjud axborotlashtirish obyektlarini, tizim va resurslarini axborot xavfsizligi jihatdan himoyalanganligini aniqlash hamda mavjud tizim va resurslardan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishini ta’minlashi, mavjud muammolarni axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat standartlariga yondashgan holda amalga oshirish, modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda xodimlarni axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib borish, shu jumladan, xalqaro sertifikatlarga ega o‘quv kurslarida qatnashishlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Aksiyadorlik jamiyatida axborot almashinuv tezligi, internet tarmog‘iga qanday xavfsizliklar tahdid solishi va ularni yechimi, muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberxavfsizlikni ta’minlash, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishtirildi hamda mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish maqsadida dolzarb masalalar ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyatiga Axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ham jalb qilish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

 

Shahzod Tashtayev, “O‘zbekiston MET” AJ Axborot va kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>