Yangiliklar
Rasmiy munosabat: Toshkent issiqlik markazining 4-issiqlik markazi qozonxonasida hech qanday yong‘in yoki boshqa favqulodda holat yuz bermagan
  • 25.10.2023
  • 210

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 25-oktyabr kuni “Toshkent issiqlik markazi” MCHJning 4-issiqlik markazi qozonxonasida yuz bergan yong‘in tufayli elektr ta’minoti favqulodda to‘xtatilishi munosabati bilan ayrim tumanlarda issiq suv ta’minoti to‘xtatilgani e’lon qilinmoqda.

Mazkur voqeaga qozonxonani elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ balansidagi, 110/35/6 kV “Chuqursoy” podstansiyasida yuz bergan yong‘in sabab bo‘lgan.

“Milliy dispetcherlik markazi” DUK dispetcherlari tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun podstansiyani elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 2 ta tarmoq qisqa muddatga o‘chirilib, qayta ulangan. 

Hozirgi vaqtda yong‘in bartaraf etilgan hamda elektr qurilmada sodir bo‘lgan nosozlik tuzatilmoqda.

Bundan tashqari, Energetika vazirligi tizimidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli barcha podstansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari hamda transformatorlar ayni paytda shtat rejimida ishlamoqda va elektr ta’minotida hech qanday favqulodda to‘xtalish yo‘q.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/9420

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>