Yangiliklar
«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga doir megaloyiha xususida axborot berildi
  • 18.10.2023
  • 123

«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-oktabrdagi PQ–125, PQ–126 va PQ–127-sonli qarorlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan 3 ta 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi, 3 ta 100 MVt quvvatli energiyani saqlash qurilmasi, 500 kV kuchlanishli podstansiya hamda elektr tarmoqlari yuzasidan axborot taqdim etildi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov taqdim etdi. «Yangiliklar» dasturi boshlovchisi Zahro Ilhomjonova, jurnalist Nilufar Ahmedova.

✅ Marhamat, jonli muloqotdan yozib olingan mediamahsulot bilan tanishing!

Eslatib o‘tamiz, radiomuloqot kechki dasturlarda takroran efirga uzatilishi mumkin.

‖  FacebookInstagram ‖  Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>