Yangiliklar
Diqqat, e'lon! Ko‘kdala va Chiroqchi tumani iste'molchilari diqqatiga!
  • 14.10.2023
  • 159

Avariyani bartaraf qilish uchun olib boriladigan ta'mirlash-sozlash ishlari paytida (30 daqiqa) Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala va Chiroqchi tumani iste'molchilari elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚡️ “O‘zbekiston miliy elektr tarmoqlari” AJ “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli L-Amir Temur-2 elektr uzatish havo tarmog‘ida aloqa kabellarini tortish ishlarini jadallashtirish maqsadida  220 kV kuchlanishli “Amir Temur” podstansiyasidan chiquvchi L-Guliston-2 110 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i qisqa muddatga, ya'ni 14-oktyabr kuni 16:30 dan 17:00 gacha, 30 daqiqa oralig‘ida, vaqtincha tarmoqdan uzilishini ma'lum qilamiz.

❗️ Bu vaqt oralig‘ida Ko‘kdala hamda Chiroqchi tumanining ayrim hududlari elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>