Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ yoshlari MDH davlatlari Energetika Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etishadi
  • 11.10.2023
  • 194

Ma’lumki, tashkilotda yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirish borasidagi ishlar samaradorligi ko‘p tomonlama Aksiyadorlik jamiyati Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati bilan bog‘liq. Yoshlarimiz turli tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim-saviyalarini oshirib bormoqdalar.

Ma’lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yoshlaridan iborat jamoa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari Energetika Kengashi tomonidan tashkil etilgan «Yosh mutaxassislar liga»sining final bosqichida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasi poytaxti — Moskva shahriga yetib borishdi. Bu haqda Axborot xizmatiga Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti sardori Azizbek Botirov ma‘lum qildi.

⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining ko‘psonli jamoasi yosh energetiklar guruhiga omad tilaydi!

 

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>