Yangiliklar
220/35/6 kV kuchlanishli «Denov» podstansiyasida mavsumga tayyorgarlikdan so‘ng obodonlashtirish ishlari olib borildi
  • 07.10.2023
  • 156

Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston MET” AJ tarkibidagi barcha energetika ob'ektlarida 2023/2024- yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlandi. Shu jumladan, «Surxondaryo  magistral  elektr  tarmoqlari» filialida ham modernizatsiya-rekonstrukiya, ta'mirlash-sozlash, qurilish-montaj ishlari olib borildi.

⚡️ Misol uchun, Denov shahri, «Nuriston» mahallasi hududida joylashgan 220/35/6 kV kuchlanishli «Denov» podstansiyasidagi elektr uskunalari mavsumga tayyor.

Bundan tashqari, mazkur yuqori kuchlanishli podstansiyada obodonlashtirish ishlari olib borilib, uning estetik qiyofasi yaxshilandi.  Jumladan, energetika ob'ekti hududi yovvoyi o‘t xashagidan tozalandi va shag‘al tosh qoplamasi to‘shaldi, elektr uskunalariga korroziyaga qarshi bo‘yoq surtilib, yordamchi bino-inshootlar ta'mirlandi.

✍️ Otabek Ashurov, «Surxondaryo  MET» filiali direktori

‖  FacebookInstagram ‖  Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>