Yangiliklar
«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba qo‘mitasi: sport musobaqalari o‘tkazildi
  • 03.10.2023
  • 125

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning tasdiqlangan chora-tadbirga asosan, 2023 yil davomida sog‘lom-turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish uchun bir qancha sport musobaqalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Misol uchun, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialida «Sport — sog‘lik garovi» shiori ostida, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida podstansiya, bo‘lim va guruhlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqa ishtirokchilari sportning minifutbol, stol tennisi, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori Sh.Sh.Kamilov ochib bergan sport tadbirida, har bir yo‘nalish bo‘yicha jami sakkiztadan jamoalar ishtirok etdi. Qizg‘in ruhda o‘tgan sport musobaqalarida nafaqat erkaklar, balki ayollar ham faol ishtirok etgani tahsinga loyiq.

Musobaqada filial yoshlari juda faol ishtirok etishdi xamda o‘z jamoalari uchun yuqori o‘rinlarni egallashda katta hissa qo‘shishdi.

 

Minifutbol musobaqasi bo‘yicha g‘oliblar:

1-o‘rin «Boshqarma» jamoasi;

2-o‘rin «Sokin PS» va «2A PS» jamoasi;

3-o‘rin «O‘zbekiston PS» jamoasi.

 

Stol tennisi musobaqasi bo‘yicha g‘oliblar:

1-o‘rin — «Boshqarma jamoasidan O.Saidov»;

2-o‘rin — «XXG jamoasidan X.Djobirov»;

3-o‘rin — «Farg‘ona PS jamoasidan J.Tolipov».

 

Stol tennisi (Ayollar) musobaqasi bo‘yicha g‘oliblar:

1-o‘rin — «Boshqarma» jamoasidan M.Imomova;

2-o‘rin — «XXG» jamoasidan Z.Xaydarova;

3-o‘rin — «ATMG» jamoasidan F.Axmedova.

 

Shaxmat musobaqasi bo‘yicha g‘oliblar:

1-o‘rin — «O‘zbekiston PS» jamoasidan Sh.Xasanov;

2-o‘rin «Poulg‘on PS» jamoasidan B.Xakimjonov;

3-o‘rin «ATMG» jamoasidan N.Menshixin.

 

Shaxmat (Ayollar) musobaqasi bo‘yicha g‘oliblar:

1-o‘rin — «Boshqarma» jamoasidan Sh.O‘rinboyeva;

2-o‘rin — «XXG» jamoasidan N.Masharipova;

3-o‘rin — «DTBVX» jamoasidan D.Yusupova.

 

Shashka bo‘yicha musobaqasi bo‘yicha g‘oliblar:

1-o‘rin — «Boshqarma» jamoasidan Sh.Tadjimatov;

2-o‘rin — «Farg‘ona PS» jamoasidan R.Raximov;

3-o‘rin — «O‘zbekiston PS» jamoasidan M.Xaydarov.

 

Shashka (Ayollar) musobaqasi bo‘yicha g‘oliblar:

1-o‘rin — «Boshqarma» jamoasidan M.Mamajanova;

2-o‘rin — «XXG» jamoasidan G‘.Ro‘ziyeva;

3-o‘rin — «ATMG» jamoasidan M.Mavlonova.

 

Musobaqadan so‘ng ishtirokchilar o‘zbek milliy taomini tanovul qilishdi. Musobaqa g‘oliblari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

✍️ Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti aʼzolari

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>