Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ xotin-qizlari «XONATLAS–2023» festivalida faol ishtirok etmoqda
  • 28.09.2023
  • 214

Barchamizga ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar  qo‘mitasining tashabbusiga binoan 2023-yil 28-sentabr kuni “Xonatlas–2023” festivali o‘tkazilmoqda.

An'anaviy tus olayotgan ushbu festival doirasida  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mehnat faoliyati yuritayotgan xotin-qizlari ham faol ishtirok etmoqda.

⇒ Eslatib o‘tamiz, asosiy ish vazifasi magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalarning ekspluatatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi aksiyadorlik jamiyati jamoasi tarkibi, aniqrog‘i ma'muriyat ishlarida xotin-qizlar salmog‘i yuqori.

✍️ Feruza Xadjimuratova, "O‘zbekiston MET" AJ Ijro intizomi nazorati bo‘lim boshlig‘i, Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti rahbari

 

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramTwitterYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>