Yangiliklar
ELEKTR ENERGETIKA: TARIXI, AHAMIYATI, DUNYO, MDH, MARKAZIY OSIYO VA O‘ZBEKISTONDAGI RIVOJI
  • 21.09.2023
  • 238

Dastlab elektr energiyasining tarixi, dastlabki shakllari, taraqqiy etish bosqichlari va iqtisodiyotda "mahsulotning alohida turi" deb ta'riflanadigan elektr energiyasining bugungi turmushimizdagi ahamiyati haqidagi tushunchalar bilan tanishing.Elektr energiyasi lotincha «electricus» so‘zidan (qadimgi yunoncha «ἤλεκτρον») olingan bo‘lib, zaryadlangan erkin elektron zarralarining o‘zaro ta'siri va tartibli harakati natijasida yuzaga keladigan hodisalar majmui hisoblanadi.

Ushbu atamani ilk bor ilmiy adabiyotga ingliz tabiatshunosi Uilyam Xilbert 1600 yilda yozilgan «Magnit, magnit jismlar va yirik magnit — yer to‘g‘risida» asarida kiritgan.

Risolada magnit kompasining ish xususiyatini batafsil tushuntiradi va magnitlangan jismlar ustida o‘tkazgan o‘zining ba'zi tajribalarni tasvirlaydi. Muallif asarida tabiatdagi boshqa moddalar ham elektrlashtirilish, ya'ni ma'lum bir darajada magnit maydoni hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini aniqlaydi.

Qadimgi ajdodlarimiz elektr baliqlarining xususiyatlari haqida bilishar edi...

Miloddan avvalgi 2750-yillarga oid qadimgi misr yozuvlarida bunday xususiyatga ega baliqlar «Nil momoqaldiroqlari» deb nomlangan va afsonalarga ko‘ra ular «baliqlarning himoyachilari» sifatida ta'riflangan.

Yana ming yillardan so‘ng «ko‘rinmas nur bilan kuydiruvchi» baliqlar haqida qadimgi yunon, rim va arab tabiatshunoslari, tabibu hakimlari o‘z yodnomalarida bitiklar yozib qoldirishgan.

Masalan, Pliniy oqsoqol va Skribonius Larg elektr balig‘ining xususiyatlari, elektr nurlari natijasida hosil bo‘lgan elektr zaryadlarining falajlovchi ta'siri borligi va bunday zaryadlar o‘tkazuvchan jismlar bo‘ylab harakatlanishi mumkinligini qayd etishgan.

Ba'zi tabiblar tomonidan bosh og‘rig‘i kabi kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlarni davolash umidida elektr baliqlarini ushlash muolajalari buyurilgani haqida ma'lumotlar mavjud.

O‘rtaer dengizida mavjud bo‘lgan qadimgi madaniyatlar ba'zi narsalarni, masalan, qahrabo daraxtining qurigan shoxlarni mushuk mo‘ynasiga ishlaqab, so‘ng yengilroq narsalarni tortib olish mumkinligini bilishgan...

Miletlik Fales miloddan avvalgi 600 yillarda statik elektr energiyasini o‘z kuzatuvlarida qayd etib borgan. Ayrim jismlar bir-biriga ishlaqanishi oqibatida ma'lum muddat magnitlik xususiyatiga ega bo‘lsa, ayrim «magnetit» deb atalgan yerosti ko‘mirlari hyech qanday ishlov berilmasa ham ayrim jismlarni o‘ziga yopishtirib olishini o‘rgangan.

Tabiatshunos magnitlanish — elektrlanish hodisasi bilan umumiy negizga ega ekanligini bilmagan.

Shunday qilib, 1600-yilda Uilyam Xilbert elektr atamasini o‘zining asarida «amber», ya'ni yunon tilida ἤλεκτρον: «elektron» — «qahrabo» deb atab, uning xususiyatlarini yozganidan so‘ng bu tabiat ne'mati ilmiy asarlarda tez-tez uchraydigan bo‘ldi.

❗️ Hurmatli «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanali obunachilari.

⇒ E'tiboringizga Axborot xizmati tomonidan  uzbekistonmet.uz rasmiy veb-sayt sahifalarida e'lon qilingan va ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga taalluqli maqola va ma'lumotnomalarni havola etamiz.

Iste'molchilar dispetcherlik xizmati elektr ta'minotiga ayrim cheklovlarni kiritish orqali qanday talafot va ko‘ngilsizliklarning oldini olishga harakat qilayotganini tushuntirishning eng yaxshi usuli — dunyo elektr energetika ta'minotida sodir bo‘lgan yirik avariyalarni misol tariqasida ko‘rsatish, iste'molchilarda bu haqda tushuncha va tasavvurlar hosil qilish.

Shu o‘rinda bir jihatni alohida ta'kidlash lozim, elektr energiyasi ta'minoti tizimida ishlab chiqarish va iste'mol o‘rtasidagi tenglik, ya'ni muvozanat buzilishi oqibatida yuzaga keladigan yirik nosozliklarga nafaqat iste'molning keskin oshishi, aksincha, tarmoqqa ulangan holda katta quvvat iste'mol qilayotgan yirik iste'molchilarning birdan tarmoqdan uzilishi ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Soddaroq tushuntiradigan bo‘lsak, noqulay ob-havo tufayli, masalan kuchli shamol ta'siridagi qisqa tutashuvlar oqibatida kattaroq hududdagi iste'molchilar birdan tarmoqdan uzildi, deylik. Ya'ni tizimda iste'mol qilinmayotgan ortiqcha quvvat hosil bo‘lsa, tizimda muvozanat buzilib, elektr ob'ektlarida turli nosozliklar, avariya va yong‘inlar chiqish ehtimoli bor.

Bundan tashqari, yirik nosozliklar sodir bo‘lishiga nafaqat noqulay ob-havo, shuningdek, elektr tarmoqlarida xizmat qilayotgan ayrim ishchi-xodimlarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari, malakasizligi ham sababchi bo‘lishi mumkin.

15.03.2021ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI VA BUGUNI

29.11.2021ENERGETIKA VAZIRLIGI MATBUOT-SHTABI: ELEKTR ENERGIYASI — TARIXI, TARAQQIYOTI, ISTE'MOLCHILARGA YETKAZIB BERISH TARTIBI

❓Endi esa “Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimi nima?”; “U nima uchun «energoxalqa» deb ataladi?”; “Uning asosiy vazifasi nimalardan iborat?”;  “«Energoxalqa»ning O‘zbekiston elektr energetika faoliyatiga ijobiy va salbiy ta'sirlari qanday?” kabi savollarga javob topish uchun quyidagi havola orqali joriy yil boshida «Energiya» muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi direktori Hamidulla Amanovich Shamsievdan olingan intervyuni mutolaa qiling.

27.01.2022MARKAZIY OSIYO ELEKTR ENERGETIKA YAGONA TIZIMI NIMA?

02.12.2021 —  ELEKTR TA'MINOTINING TEXNIK-MUHANDISLIK HOLATLARI: DUNYO ELEKTR ENERGETIKA TARMOG‘IDAGI YIRIK NOSOZLIKLAR OQIBATI

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>