Yangiliklar
BRIFING: “O‘zbekiston MET” AJ faoliyatining 2023-yil birinchi yarimyillik hisoboti
  • 04.08.2023
  • 221

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar 2023-yil uchun belgilangan rejaga muvofiq tarzda olib borilmoqda. Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2023-yil birinchi yarimyilligi hisobotidan quyidagi raqam va ko‘rsatkichlar o‘rin olgan:

Elektr energiyasini uzatish

2023-yil yanvar-iyun oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 35,0 mlrd kVt soat elektr energiyasi uzatilib, reja 101,4 foizga bajarildi. O‘sish sur'ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 106,1 foizni tashkil etdi.

Investitsiya dasturi ijrosi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli qaroriga asosan 2023-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan, barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan, umumiy loyiha qiymati 1 346,36 mln dollarga teng bo‘lgan 17 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha rejaga asosan 2023-yilda 152,56 mln dollar miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Jumladan:

• Davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘lari - 117,5 mln dollar;

• “O‘zbekiston MET” AJ o‘z mablag‘lari – 35,06 mln dollar.

Xususan, 2023-yil yanvar-iyun oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 29,19 mln dollar yoki rejaga nisbatan 119,5 foiz o‘zlashtirish kutilgan edi. Shundan, davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘laridan 15,08 mln dollar yoki rejaga nisbatan 124,32 foiz, “O‘zbekiston MET” AJ o‘z mablag‘laridan 14,11 mln dollar yoki rejaga nisbatan 114,72 foiz miqdorda mablag‘ o‘zlashtirildi ya'ni shu mablag‘lar hisobiga teng hajmdagi modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Sarf-xarajatlarni qisqartirish

“O‘zbekiston MET” AJda bo‘yicha 2023-yil uchun jami 11,1 mlrd so‘m miqdorida sarf-xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha prognoz reja belgilangan edi. «O‘zbekiston MET» AJ bo‘yicha olingan dastlabki tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, 2023-yil yanvar-iyun oylarida prognoz reja ijrosi 5,7 mlrd so‘m miqdorida, ya'ni 101,1 foizga bajarildi.

Jumladan;

• texnologik va boshqa yo‘qotishlar kamaytirish hisobiga – 1,7 mlrd so‘m;

• boshqa xarajatlarni qisqartirish hisobiga – 4,0 mlrd so‘mlik mablag‘lar iqtisod qilindi.

Yangi ish o‘rinlarini yaratish

2023-yilda tizim korxonalarida 11 ta yangi ish o‘rnini yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, joriy yilning yanvar-iyun oyida tizim korxonalarida 12 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda magistral elektr tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ta'mirlash-sozlash, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari haqidagi batafsil ma'lumotlarni siz rasmiy veb-sayt sahifalaridan olishingiz mumkin.

Havolalar:

“O‘zbekiston MET” AJ faoliyatining 2023-yil birinchi yarimyilligi hisoboti

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4172

 

“Ўзбекистон МЭТ” АЖ фаолиятининг 2023 йил биринчи яримйиллиги ҳисоботи

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/4172

 

Axborot xizmati — 2023-YIL BIRINCHI YARIMYILLIK SARHISOBI: Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash-sozlash, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish montaj ishlari hamda nazorat va hisobot tadbirlari (teskari xronologik tartibda)

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4054

 

Ахборот хизмати — 2023 ЙИЛ БИРИНЧИ ЯРИМЙИЛЛИК САРҲИСОБИ: Юқори кучланишли электр тармоқларида олиб борилган таъмирлаш-созлаш, модернизация-реконструкция, қурилиш монтаж ишлари ҳамда назорат ва ҳисобот тадбирлари (тескари хронологик тартибда)

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/4054

 

AXBOROT XIZMATI: Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ochiqligi hamda shaffofligi ta'minlanmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4094

 

АХБОРОТ ХИЗМАТИ: Акциядорлик жамияти фаолиятининг очиқлиги ҳамда шаффофлиги таъминланмоқда

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/4094

 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati

Axborot xizmati http://t.me/uzmetaxborotxizmati
 

>