Yangiliklar
O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
  • 18.06.2023
  • 239

Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 2022-yilning yoz oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi.

Xususan, 2023-yil 16-iyunda Respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 242,6 mln kW⋅hni tashkil etdi. 2022-yilning xuddi shu kunida jami 208 mln kW⋅h elektr energiyasi ishlatilgan bo‘lib, kechagi ko‘rsatkich avvalgi yildagidan 16,6 foiz ortiq bo‘ldi.

Shu bilan birga, energetika tizimining soatlik iste’moli 11 301 MWni tashkil qildi. Bu 2022-yilning shu kundagi holatiga nisbatan 1 800 MW (+18,9 foiz) va 2022-yilning yozida qayd etilgan mutlaq maksimal ko‘rsatkichdan 500 MW ko‘pdir.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda maksimal elektr energiyasi iste’moli 27 iyulda qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 239 mln kW⋅hni, kunduzgi iste’mol quvvati 10 800 MWni tashkil qilgan.

Energetika tizimidagi elektr stansiyalari tomonidan kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 233,7 mln kW⋅hni tashkil etdi. Bu 2022-yilning shu kungi holatiga nisbatan 36,6 mln kW⋅h (18,6 foiz) ko‘pdir.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/8203

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>