Yangiliklar
TOJIKISTONDAN ELEKTR ENERGIYASI MAVSUMIY IMPORT AMALIYOTI BOSHLANDI
  • 18.05.2023
  • 367

Ma'lumki, yozgi melioratsiya, ya'ni qishloq xo‘jaligidagi sug‘orish mavsumida Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborida to‘plangan suvlarni sarflash jarayonida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilish amaliyoti 2018-yildan buyon mavjud bo‘lib, bu mamlakatimiz suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oshirishga xizmat qiladi.

2023-yil 12-may kuni respublikamizda energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash hamda iste'molchilarini elektr energiyasi bilan ta'minlanish maqsadida «O‘zbekiston MET» AJ va «Barki Tochik» kompaniyasi o‘rtasida joriy yilning may-sentyabr oylari uchun shartnoma imzolandi.

▶️ Batafsil

⚡️ Ayni paytda import amaliyoti ikkita 220 kVli yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari orqali amalga oshirilmoqda. Shartnomaga asosan yoz oylarida elektr energiyasi va suv resurslariga ehtiyoj ortadigan davr uchun import hajmlarini 500 kVli tarmoqlar orqali ko‘paytirish ham nazarda tutilgan.

 

https://yuz.uz/news/tojikistondan-elektr-energiyasining-mavsumiy-import-amaliyoti-boshlandi

https://uz24.uz/ru/articles/inport-elektroenergii

https://newshub.uz/archives/16462

https://t.me/minenergy_uz/7896

https://qalampir.uz/

https://darakchi.uz/

https://kun.uz/uz/

https://oz.sputniknews.uz/

https://uznews.uz/

http://zakovat.uz/story/

https://www.gazeta.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>