Yangiliklar
Energetika forumi yosh energetiklarning marafon sport tadbiri bilan boshlandi
  • 18.05.2023
  • 284

Avval xabar berganimizdek, Energetika vazirligi tashabbusi bilan 2023-yil 18–20-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston II xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi; “Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Pover Uzbekistan 2023” 16-xalqaro ko‘rgazmasi; “Yashil energetika texnologiyalari – GETSA 2023” ixtisoslashtirilgan bo‘limi hamda 3-Xalqaro O‘zbekiston Energetika anjumani bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
 
⚡️ Bugun, 2023-yil 18-may kuni tongda Energetika forumi tadbirlari doirasida uzoq masofaga yugurish musobaqasi — marafon tashkil etildi. Marafonda energetika tashkilotlari yoshlari qatorida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati yoshlari ham faol ishtirok etishdi.

✍️ “O‘zbekiston MET” AJ Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>