Yangiliklar
"Markaziy Osiyo: barqaror energiya yo‘lida" nomli yalpi majlisda O‘zbekiston energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama etildi
  • 17.05.2023
  • 247

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2023-yil 17-may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahridagi yillik yig‘ilishida ACWA Power kompaniyasi hamda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ o‘rtasida birinchi vodorodli o‘g‘it loyihasi doirasida elektr energiyasini sotib olish shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, xalqaro tadbir doirasida tashkil etilgan "MARKAZIY OSIYO: BARQAROR ENERGIYA YO‘LIDA" nomli yalpi majlisda O‘zbekiston energetika sohasidda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama etildi. Unda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda Aksiyadorlik jamiyatining boshqa vakillari ishtirok etishdi.

 

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>