Yangiliklar
Diqqat, eʼlon! 2023-yil 15-maydan 16-mayga o‘tar kechasi (6 soat) Qarshi shahrining ayrim tarmoqlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin
  • 11.05.2023
  • 271

«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 220 kVli “Qarshi” podstansiyasida modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi sababli 2023-yil 15-may kuni soat 23:00 dan 16-may 03:00 ga qadar Qarshi shahrining ayrim hududlarida joylashgan elektr tarmoqlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚡️ Eslatib o‘tamiz, tunda yarmida, yaʼni isteʼmol hajmi sezilarli darajada kamayganda, L-Janubiy-2-35 kV elektr uzatish tarmog‘ining yuklamasi — L-Janubiy-1-35 kV tarmog‘iga, L-Do‘stlik-35 kV elektr tarmog‘ining yuklamasi — L-Xonabod-35 kV liniyasiga yuklanib, L-Qoraxitoy-35 kV elektr tarmog‘i maʼlum muddatga (6 soat) taʼmirga chiqariladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

>