Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 28.04.2023
  • 230

Bo‘sh ish o‘rni: INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH GURUHI HISOBCHISI LAVOZIMI.

TALABLAR:

► Maʼlumoti: Oliy maʼlumotli;

► Ish tajribasi: Buxgalteriya sohasida kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi, hisobchi lavozimida ishlagan bo‘lishi;

► Tillarni bilishi: Davlat tili va rus tillarni mukammal bilishi zarur (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);

Qo‘shimcha talablar:

♦ Sohaga taluqli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyshlaridan xabardor bo‘lish;

♦  Buxgalteriya hisobining Milliy standarti (BHMS);

♦  Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini (MHXS);

♦  Bank, moliya, soliq va bojxona organlari bilan bevosita ishlash tajribalariga ega bo‘lish;

♦ Taʼminotchilar, pudratchilar, buyurtmachilar, isteʼmolchilar, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritishni va tashkilotlar bilan o‘zaro taqqoslash dalolatnomalari tuzishni, moliyaviy faoliyat hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash, birlamchi hujjatlarni qabul qilish va nazoratini amalga oshirishni va boshqalar.

► Komputer savodxonligi (mukammal): Microsoft office, 1S, E-Kontrakt, Didox dasturlarida ishlashn mukammal bilish lozim.

 

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

⇒ Onlayn rezyume: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

 

❇ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

 

Elektron pochta:  kadr_nes@uzbekistonmet.uz   info@uzbekistonmet.uz

 

YARATILGAN SHAROITLAR:

♦  O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

♦  Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

♦  Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>