Yangiliklar
«ANDIJON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI FAOLIYATI SURATLAR VA RAQAMLARDA
  • 05.06.2020
  • 1113

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali balansida: uzunligi 475,5 km bo‘lgan 1 ta 500 kV kuchlanishli, 13 ta 220 kV va 2 ta 110 kV kuchlanishli havo liniyalari mavjud.

   Shundan:

   - 500 kV li — 54,8 km,

   - 220 kV li — 403,62 km,

    -110 kV li — 17,1 km.

 

 

 

 

   1 ta 500 kV li va 4 ta 220 kV li podstansiyalar mavjud. «Lochin», «Yulduz», «Xakan», «Fozilmon» va «Bobur» nomli podstansiyalarning umumiy quvvati 1982,0 MVAni tashkil etadi.

 

O‘chirgichlar soni:

   - 500 kV li — 5 dona;

   - 220 kV li — 27 dona;

   - 110 kV li — 38 dona.

 

 

 

   2020-yilda «Andijon MET» filiali tasarrufidagi podstansiyalarda 220-500 kV li o‘chirgichlarda rejalashtirilgan mukammal ta'mir ishlari bo‘yicha:

   - 500 kVli o‘chirgichlar — rejada yo‘q;

   - 220 kVli o‘chirgichlar — 6 dona.

 
Ma'lumot o‘rnida: 220 kVli o‘chirgichlarni mukammal ta'mirlash ishlari joriy yilning II va III choraklarida to‘liq yakunlanishi nazarda tutilgan.

 

 

 

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov tomonidan 2020-yil 28-may sanasida imzolangan XB-103-sonli «Yoz mavsumida elektr qurilmalarining mustahkam va ishonchli ishlashini ta'minlash» yuzasidan topshirig‘i «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi barcha yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis xodimlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>