Yangiliklar
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, hurmatli hamkasblar!
  • 21.03.2023
  • 297

Barchangizga bahor bayrami — Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Tun bilan kun tenglashadigan sharqona yangi yil — Navro‘z ayyomi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, energetika sohasi vakillarini, xususan Aksiyadorlik jamiyatimizning ishchi-xodimlarini samimiy muborakbod etaman!

Qadrli do‘stlar!

Shu kunlarda yurtimizning barcha go‘shalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonchilik, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘rib ko‘z quvonadi.

Aziz hamkasblar!

Jamiyatimizning ahil jamoasi bahor ayyomi — Navro‘zi olamni yorug‘ yuz, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda.

⚡️ Aksiyadorlik jamiyatimiz 2023-yilgi rejalarni sharaf bilan bajarish uchun tun-u kun mehnatda.

Yana bir bor barchangizni Navro‘z — umumxalq bayrami bilan qutlayman. Bahor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!
   
Hurmat bilan,

Dadajon Isaqulov

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>