Yangiliklar
Tadbirkor va aholi ishlab chiqargan elektr energiyasi davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi
  • 09.02.2023
  • 351

Prezidentimiz elektr ishlab chiqarishda davlat monopoliyasidan ketib, raqobatli muhit joriy qilish zarurligini ta'kidladi.

Prezidentimiz elektr ishlab chiqarishda davlat monopoliyasidan ketib, raqobatli muhit joriy qilish zarurligini ta'kidladi.

Jumladan, panel o‘rnatgan tadbirkorlar ishlab chiqargan elektrni davlat kafolatli sotib oladi. Keyingi yildan esa boshqa iste'molchilarga ham sotishi mumkin bo‘ladi.

Aholi o‘z xonadonida panel o‘rnatsa, ehtiyojidan ortiq tarmoqqa sotgan elektr energiyasining har bir kilovati 1 ming so‘mdan sotib olinadi (hozirgi tarif 295 so‘m).

Har oyda hisob-kitob qilib, mablag‘lar xonadon egasining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

Toshkent shahrini energiya resurslari bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida Prezident tomonidan quyidagi qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi:

- sanoat  zonalari va yirik korxonalarda quyosh panellari o‘rnatish orqali 400 million kilovatt soat elektr chiqarish bo‘yicha loyihalarni boshlash;

- ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida quyosh panellarini o‘rnatish hisobiga 75 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarishni ta'minlash;

- Yuqorichirchiq tumanida 500 megavattli yirik quyosh elektr stansiyasini qurish;

- poytaxtdagi sanoat korxonalarida elektr yo‘qotishlarini 1 foizga kamaytirish va energiya samaradorligini 3 foizga oshirish;

- 1 ming 817 ta ko‘p qavatli uylarning ichki isitish tizimini to‘liq yangilash;

- 300 kilometr magistral issiqlik tarmoqlarini  yangilab, yo‘qotishlarni 5  foizga kamaytirish.

Umuman, shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yo‘naltiriladi.

 

Manba: https://t.me/Press_Secretary_Uz/2910

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2911

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>