Yangiliklar
Arqonga qil — madad
  • 21.01.2023
  • 284

Avval xabar berganimizdek, turdosh tashkilotdagi hamkasblarimizga amaliy ko‘mak berilmoqda.

⚡️ Misol uchun, Toshkent shahri,  Chilonzor tumanidagi 16-dahaning 6-a, 5-, 5-a, 20-, 24- va 22-ko‘pqavatli uylarda ortiqcha yuklama tufayli kelib chiqqan nosozlik sababli ma'lum muddatdan beri elektr ta'minoti yo‘q ekan. Bugun magistral elektr tarmoqlari mutaxassislari tomonidan 380 voltli kabel tarmog‘i yangilanib, iste'molchilarning  elektr ta'minoti tiklandi.

Eslatib o‘tamiz, "Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tasarrufidagi ob'ektlarning elektr ta'minotidagi nosozliklarini bartaraf etilishida amaliy ko‘mak berish maqsadida, "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialida 7 ta avariyani bartaraf etish brigadasi asbob-uskunalar bilan jihozlantirilib, 9 ta maxsus texnika yordamida ko‘mak berishga safarbar etilgan edi. Natijada 10 dan ortiq ko‘pqavatli uylarning elektr ta'minoti tiklangandi.

 

https://www.youtube.com/

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>