Bo'sh ish o'rinlari
O‘tgan yilda vacancy.argos.uz portali orqali 90 mingdan ortiq tanlov e'lon qilindi, 919 ming nomzod tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirgan. 39 mindan ziyod shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilindi
  • 19.01.2023
  • 378

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma'lum qildi:

 

 

Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi tomonidan 2022-yil davomida kadrlar siyosatini ta'minlash borasida bir qator muhim ishlar amalga oshirildi. Xususan,

1.  8 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi.

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun, Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari, Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash Uslubiyati shular jumlasidan.

Yangi O‘zbekiston ma'muriy islohotlari dasturi loyihasiga kadrlar salohiyatini takomillashtirish bo‘yicha alohida yo‘nalish kiritildi va uning ijrosi bo‘yicha Yo‘l xaritasiga 10 ta yo‘nalish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

 2. vacancy.argos.uz portali orqali 78 ta vazirlik va idoralar hamda barcha tuman (shahar) hokimliklaridagi mavjud vakant lavozim bo‘yicha 90 mingdan ortiq tanlov e'lon qilinib, 919 ming nomzod tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirilgan.

2022-yilda 39 ming nafardan ortiq shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilindi.

3. Yangi tartib asosida 832 ta sektorlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi 7 ta yo‘nalishda baholanishi yo‘lga qo‘yildi.

4.  2022-yil davomida Agentlik tomonidan jami 68 788 nafar davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha 90 dan ziyod o‘quv kurslari tashkil etildi.

5. ilm.argos.uz – elektron platformasi tashkil etilib, platformaga 466 ta video ma'ruzalar, 248 ta elektron kitoblar joylashtirildi. Tizimda 64 238 nafar davlat xizmatchilari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

6. Davlat fuqarolik xizmatchilarini kompetensiyalar asosida baholash tizimi joriy etilib, 20 ming martaga yaqin psixologik testlar olindi. 3 ming nafardan ortiq ko‘nikmalar pasporti shu jumladan, 5 ming nafar rahbar kadrlar uchun psixologik portret shakllantirildi.

Agentlik tomonidan 2022-yilda 15 ta davlat fuqarolik xizmatiga oid ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 190 ming nafardan ortiq respondent kamrab olingan.

7. Davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan 5 ta kompleks o‘rganishlar va 1068 ta monitoringlar o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha kiritilgan ta'sir choralari natijasida 358 nafar xodimlarning mehnatiga haq to‘lashga oid buzilgan huquqlari tiklangan; 67 ta noqonuniy buyruqlar bekor qilingan; 55 nafar aybdorlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan; 6 nafar xodimlar lavozimidan ozod etilgan; 3 nafar aybdorlarga nisbatan ma'muriy jarima qo‘llanilgan.

8. Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, Singapur, Koreya, Fransiya, Germaniya davlatlarida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida 90 nafardan ortiq davlat xizmatchilari ishtirok etdi.

9. Davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, inson resurslarini boshqarish faoliyatini raqamlashtirish maqsadida “Davlat fuqarolik xizmati sohasida inson resurslarini boshqarish” (hrm.argos.uz) axborot tizimi ishlab chiqildi. Hozirda tizimga 4 mingga yaqin tashkilotlar ulangan.

 

https://telegra.ph/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>