OAV va jamoatchilik bilan ishlash
rost24.uz — Bugunning asosiy savoli: Energetika tizimi anomal sovuqqa tayyormi?
  • 09.01.2023
  • 183

Gidrometeorologiya xizmati tomonidan 9-15 - yanvar kunlari yurtimizga Boltiqbo‘yi hududlaridan anomal sovuq kelishi haqida xabar berilganiga ham bir hafta bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida eng ko‘p xavotirga sabab bo‘lgan savollar energetiklarga yo‘naltirilmoqda. Sovuq tushishi bilan elektr ta'minotidagi cheklovlar vaqti yana oshmaydimi? Eskirgan transformatorlar, kuchlanishni ko‘tara olarmikin? Gaz o‘chsa, uyni qanday isitamiz? Bu kabi savollarga berilgan javoblar qanchalik to‘g‘ri yoki shunchaki vaziyatdan chiqish uchun aytilganmi, buni faqat sovuq kunlar davomidagina sinovdan o‘tkazib ayta olamiz. 

Xo‘sh, navbatdagi sovuq kunlarga energetika tizimi qanchalik tayyor? Avariya holatlariga qanday choralar ko‘rilmoqda?

Hududiy elektr tarmoqlari AJ bo‘lim boshlig‘i Nodirbek Po‘latov Rost24.uz muxbirining savollariga quyidagicha javob berdi.

Kelgusi haftada kutilayotgan anomal sovuq holatlariga hududiy elektr tarmoqlari AJ boshqaruv raisining topshirig‘iga ko‘ra, 1000 ga yaqin brigadalar tashkil etilgan. Bu brigadalarga texnika vositalar hamda avtomashinalar ham biriktirilgan. Bundan tashqari har bir hududda birinchi rahbar boshchiligida tunu kun xizmatda kuzatilishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarni bartaraf etish uchun barcha kuchlar shay holatga keltirildi. Avariya holatlarni bartaraf etish yuzaga keltirish mumkin bo‘lgan holat bo‘lib bunda og‘irroq avariya holatlarida 2 soatgacha vaqt oralig‘ida bartaraf etish ishlari olib boriladi.

«Favqulodda holatlar bo‘lmasa ikki soatdan ortiq svet o‘chishi nazarda tutilmagan»

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida 2 soatdan ortiq svet o‘chmasligi, korxonalarga sarflanayotgan elektr energiyasi tejalib aholi iste'moliga yo‘naltirilishi aytilgan edi. Bu holat bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Ikki soatdan ortiq svet o‘chmasligi bu mutanosib holat, bu cheklovlar energiya tizimni saqlab qolish hamda bundan ham katta talofatlarni oldini olish maqsadida qilinayotgan chora va iqtisod qilish bo‘yicha alohida topshiriq berilgan tejalgan energiya aholi va ijtimoiy ob'ektlarga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Agar favqulodda holatlar bo‘lmasa ikki soatdan ortiq svet o‘chishi nazarda tutilmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dekabr oyi boshida O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjaev rejali o‘chirish muddatini ikki soatdan oshmasligi kerakligini aytgan.
Noyabr oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sherzod Xodjaev rejali o‘chirishlar bir soatdan oshmasligi kerakligini, agar bu muddatdan oshsa mas'ullarga chora ko‘rilishini aytgandi. Dekabrda havo sovigan vaqtda esa, soatlab emas, kunlab svet o‘chgani haqida murojaatlar bo‘ldi.

Manba: https://rost24.uz/uz/news/1380

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>