Yangiliklar
Prezident huzuridagi yig‘ilishda sanoatda qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash va investitsiyalarni ko‘paytirish bo‘yicha 2023-yil uchun rejalar muhokama qilindi
  • 11.01.2023
  • 267

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Asosiy masalaga o‘tishdan avval davlatimiz rahbari mamlakatimizga kirib kelgan sovuq havo ta’sirini betalafot o‘tkazish choralariga to‘xtalib o‘tdi.

Barcha tuman va hududlarda tashkil etilgan shtablar uzluksiz ishlashi kerakligi, aholi ehtiyojlari tezkor hal etib borilishi shartligi ta'kidlandi.

Ijtimoiy soha ob’ektlarini energiya va issiqlik bilan ta'minlashni alohida nazoratga olish zarurligi qayd etildi.

Barcha darajadagi hokimlarga tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda yo‘llarni tozalash ishlarini tashkil etish, transport vositalarining xavfsiz harakatini ta'minlash topshirildi.

Barcha serqatnov yo‘nalishlarda jamoat transportining uzluksiz harakati ta'minlanishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasi rahbariyati oldiga har bir viloyat, tuman va shahardagi ahvol bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatib, joylardagi muammolarni tezkor bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>