OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Samarqand viloyatida tadbirkor 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu 26 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi
  • 04.01.2023
  • 251

Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “MAROQAND SIFAT TEKSTIL” MChJga qarashli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexda foydalanilgan elektr energiyasi sun’iy ravishda pasaytirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob kilib kelinayotganligi aniqlandi.

Xususan, iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi miqdorini hisobotlarda sun’iy ravishda buzib (pasaytirib) ko‘rsatilganligi natijada tizimga 2,3 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 26 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

Hududlar bo‘ylab nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

▶️@minenergy_uz

Манба: https://t.me/minenergy_uz/6888

«Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>