Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida elektr energiyasiga noqonuniy ulanib, katta miqdordagi elektrni talon-toroj qilganlik holati aniqlandi.
Mazkur holat «O‘zenergoinspeksiya» va ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida tumandagi «Spring Kolours Industriy» MChJga qarashli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona bilan sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 10,5 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Natijada 2,1 mln kVt-soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 1,4 mlrd so‘m qayta hisob amalga oshirilgan.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan esa belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.
Manba: https://xabar.uz/uz/