Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «O‘qish jarayoniga kerak bo‘layotgan komputer sotib olishga yordam berishingiz so‘rayman. Komputer juda kerak...»
  • 19.12.2022
  • 289

Murojaat egasi: Nodirbek Abdirahmatov, Qashqadaryo viloyati

Elektron pochta: nodirbekabduraxmatv@gmail.com

Murojaat mazmuni: (Tahrirsiz matn) asalomu alaylum men at sentrda uqiyman men uqish jarayoniga kerak bulayodgan kampyutirga yordam berishigiz surayman kamyutir juda kerak.

Murojaat mazmuni: (Tahrir etilgan matn) Assalomu alaylum! Men IT-markazda o‘qiyman. O‘qish jarayoniga kerak bo‘layotgan komputer sotib olishga yordam berishingiz so‘rayman. Komputer juda kerak.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Nodirbek Abdirahmatov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi va homiylik ishlari bilan shug‘ullanmaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/16451     

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Homiylik mazmunidagi murojaatingiz bilan Mahalliy hokimiyat va mahalla fuqarolari yig‘ini, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligiga https://yoshlar.gov.uz/uz/ murojaat qiling!

Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Nodirbek Abdirahmatov, tahsil olish davomida, shuningdek, mehnat faoliyatingizni boshlashdan oldin o‘zbek tilida imloviy va uslubiy xatolarsiz yozishni o‘rganing! Murojaat matnidagi   “asalomu alaylum”,  “at centrda”,  “uqish”, “bulayodgan”,  “kampyutirga”, “kamyutir” kabi imlo va qator uslubiy xatolar Sizning bilimingiz darajasi haqidagi dastlabki belgi-nishon bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>