Yangiliklar
Prezident: taraqqiyot — faqat va faqat jasoratli mehnat orqali bo‘ladi!
  • 20.12.2022
  • 251

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi boshlandi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘yayotgani, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berayotganini ta'kidladi.

“Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo‘shilmoqda.

O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a'zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanayapmiz.

>