Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Uy-joy fondi inspeksiyasi rahbari Azlar Sodiqov ma'lum qildi:
https://t.me/aokamediakontent
✔️ Joriy yilning 1-dekabr holatiga Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ularni boshqarishni nazorat qilish bo‘yicha 5 ta yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berilmoqda.
1. Ko‘p kvartirali uylar va unga tutash hududlarda jami 11 778 ta noqonuniy qurilmalar aniqlangan bo‘lib shulardan, 3 500 tasiga 6,0 mlrd.so‘m ma'muriy jarimalar qo‘llanilgan hamda 6 800 tasi mulkdorlarning o‘zlari tomonidan avvalgi xolatiga qaytarilgan.
2. Yangi uylarni foydalanishga qabul qilish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha xulosalar olish maqsadida qurilish tashkilotlari tomonidan 1055 ta arizalar kelib tushgan. Shundan, yangi uylardan foydalanish uchun 488 ta arizalarga ijobiy xulosalar berilgan. Qolgan 567 ta arizalarga tegishli uylar foydalanishga tayyor emasligi uchun rad etish xulosalari berilgan.
Shu bilan birga, ko‘p kvartirali uylarni turardan noturarga, noturardan turarga o‘tkazish bo‘yicha 550 ta arizalar kelib tushgan.
Shundan 335 ta arizalar ixtisoslashtirishga mosligi uchun ijobiy xulosalar berilgan. Qolgan 197 ta arizalarga ixtisoslashtirish talablariga javob bermaganligi uchun rad etish xulosalari berilgan.
3. Ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi jami 1000 ga yaqin boshqaruv organlari faoliyati o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra 250 ta uy-joy mulkdorlar shirkatlari tomonidan jami 20 mlrd.so‘m mablag‘larni talon-taroj yoki uy-joy mulkdorlariga zarar yetkazganligi aniqlandi. Shundan, 50 ga yaqin shirkat raxbarlariga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilib 700 mln.so‘mga yaqin mablag‘lar shirkatlar xisobiga qaytarilgan.
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylar va ularga tegishli tutash xududlarda olib borilgagn ta'mirlash-tiklash ishlari o‘rganilganda jami qiymati 14 mlrd.so‘m miqdorda 57 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. Xozirda pudrat tashkilotlariga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.
4. Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruv organlari tomonidan yig‘iladigan majburiy badallar mablag‘larining shaffofligini ta'minlash yuzasidan tashkil etilgan “Mening uyim billing” tizimi orqali xisob yuritilishini ta'minlash maqsadida maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, 3 oy mobaynida 1500 ta murojaatlar qabul qilingan. Shundan, 1200 tasi joyida ijobiy xal etilgan, 200 tasiga nisbatan majburiy ko‘rsatmalar berililgan, 100 ga yaqin shirkatlar boshqaruv qoidalarini buzganligi uchun 300 mln.so‘m miqdorda ma'muriy jarimalar qo‘llanilgan.
5. Ko‘p kvartirali uylarning yer to‘lalaridan foydalanish tartibi o‘rganilganda 550 ta xuquqbuzarlik va kamchiliklar aniqlangan. Shundan, 425 ta o‘zboshimchalik bilan yerto‘lalarni egallab olish yoki qayta rejalashtirish ishlari hamda 125 ta yerto‘lalarning sanitar tartibga rioya etilmaganligi aniqlangan. Holat yuzasidan xuquqbuzarlarga nisbatan jami 670 mln.so‘m miqdorda 247 ta ma'muriy jarimalar qo‘llanildi hamda 290 ta yerto‘ladagi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishlar avvalgi holatiga qaytarildi.
Manba: https://telegra.ph/
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati