Qonunchilikka ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish:
➖ fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha);
➖ mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 mln so‘mdan 7,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Manba: https://t.me/huquqiyaxborot
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube ‖
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati