OAV va jamoatchilik bilan ishlash
rost24.uz — Elektr va gaz muammolarini hal qilish uchun Bosh vazir boshchiligida "Maxsus guruh" tuzildi
  • 08.12.2022
  • 163

Endi O‘zbekistonda gaz va elektr muammolari hal etiladimi?

Prezident topshirig‘iga asosan, Bosh vazir boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi hududida energiya muammolarini tezkor o‘rganish va hal qilib borish bo‘yicha Hukumat ishchi guruhi tuziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ishchi guruh:

➖ respublika hududida energiya taqchilligi munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni qisqa muddatlarda chuqur tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rib borish;

➖ elektr energiyasi va gazni birinchi navbatda aholiga yetkazib berish zaruriyatini e'tiborga olgan holda, mavjud energiya resurslarini muvozanatli taqsimlab borish va ushbu jarayonni qat'iy nazorat qilish;

➖ elektr energiyasi va gaz taqchilligi sharoitida muqobil energiya mahsulotlari bilan aholini va ijtimoiy soha ob'ektlarini uzluksiz ta'minlash ishlarini jadallashtirish;

➖ ijtimoiy ob'ektlar, jumladan ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash yuzasidan zarur mablag‘lar ajratib borish va ularning maqsadli ishlatilishi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatish;

➖ energiya taqchilligi va uning oqibatida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar, ayniqsa iqtisodiyotga ta'sirini kamaytirish maqsadida, kompleks chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun kiritish vazifasi yuklatiladi.

Manba: https://rost24.uz/uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>