Yangiliklar
FM.104.1 to‘lqinlarida "Yashil energiya" manbalari hamda energiya ta’minotida yuzaga kelgan vaziyatga izoh va tushuntirishlar berildi
  • 13.12.2022
  • 314

«Yoshlar» radiokanalining FM.104 to‘lqinlari — jonli efirda "Yashil energiya" manbalari hamda energiya ta’minotida yuzaga kelgan vaziyatga izoh va tushuntirishlar berildi.

⚡️ Unda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti bosh mutaxassisi  J.Hakimov, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ matbuot kotibi M.Bekmuhammedov va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi U.Urunovlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, jonli efir paytida tinglovchilarga (iste'molchilarga) uzbekistonmet.uz veb-saytida e'lon qilingan «ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI NIMA?» nomli maqola  bilan tanishish tavsiya etildi.

Radioboshlovchi — jurnalist Dilafro'z Yusupova, dastur muallifi — Mohigul Azimova.

Veb-sahifaFacebookInstagramYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>