OAV va jamoatchilik bilan ishlash
ENERGETIKA VAZIRI JO‘RABEK MIRZAMAHMUDOV “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN TUNGI NAVBATCHILIK QISMI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
  • 06.12.2022
  • 234

Ma'lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tarmoqlarda sodir bo‘ladigan avariyaviy o‘chishlarni tezkor bartaraf etish va elektr energiyasini barqaror yetkazib berishni nazorat qilish maqsadida Boshqaruv raisi,  o‘rinbosarlar hamda markaziy apparat boshqarma boshliqlari rahbarligida tunu kun navbatchilik tashkil qilingan.


Bugun soat tungi 2:30 da Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Vaziyatlarni monitoring qilish Markazida bo‘lib navbatchilik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida vazir Jamiyat tomonidan navbatchilik paytida Respublika bo‘ylab iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlash holati hamda avariyaviy hodisalarni tezkor bartaraf etish yuzasidan ma'lumot olib, zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz

Facebook  | Telegram  | YouTube | Instagram | Twitter

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>