Yangiliklar
Prezident Navoiy erkin iqtisodiy zonasida kelgusi yilda 200 million dollar qo‘shimcha investitsiya jalb qilib, 20 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha topshiriq berdi
  • 25.11.2022
  • 276

Navoiy shahrida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida mehnatkash, bag‘rikeng, ko‘pmillatli viloyat ahliga chuqur hurmat va ehtiromini bildirdi.

Navoiyda oxirgi uch yilda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari ishga tushgani ta'kidlandi.

Buning natijasida 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi, yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport paydo bo‘ldi.

>