“2022–2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–408-son, 25.10.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminoti hamda taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obyektlari yaxshilanadi.
Hokimliklar, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “O‘zsuvtaʼminot” AJ va boshqa buyurtmachi tashkilotlar 2022-yil 15-noyabrga qadar Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.
☑️ Dasturlar doirasidagi qurilish-taʼmirlash ishlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalari orqali moliyalashtiriladi.
2022-yilda ajratilib, yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmasdan qolgan mablag‘lar Davlat byudjetiga qaytarilmaydi va ushbu mablag‘lar 2023-yilda Dasturlarda nazarda tutilgan obyektlarning qurilish-taʼmirlash ishlarini yakunlashga yo‘naltiriladi.
✅ Tuman (shahar) sektorlari va boshqa hududiy tashkilotlar rahbarlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga Dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berib boradi.
Manba: https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/4564
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati