AOKAda o‘tkazilgan brifingda FVV davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik O‘lmas Muzaffarov ushbu savolga javob berdi:
Ma'lum qilinishicha, tegishli vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan ko‘p kvartirali uylardan 71 foizi kompleks o‘rganib chiqilib, ulardagi 25 242 ta chordoq va 22 69 ta yerto‘la talab darajasiga keltirilgan.
Yakka tartibdagi uy-joylarning 41 foizi, dala hovlilarning 33 foizi tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Issiqlik ta'minoti korxonalarining 93 foizida profilaktik o‘rganishlar o‘tkazilib, ulardagi 150 dan ziyod gidrantlarni talab darajasiga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha ta'lim vazirligiga qarashli muassasalarning 84 foizi, Xalq ta'limi vazirligiga qarashli ob'ektlardan 74 foizi, oliy ta'lim muassasalarining 10 foizi va davolash muassasalaridan 86 foizi tekshiruvdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Fuqarolarning baxtsiz hodisalar qurboni bo‘lmasliklari uchun rioya qilishlari shart bo‘lgan qoida va tartiblar:
Telegram | Facebook | Instagram | Mediabank
Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/30766
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati