Yangiliklar
TAQQOS VA TAHLIL: Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda 2012–2022-yillarda yaratilgan o‘tkazuvchanlik quvvati dinamikasi
  • 06.10.2022
  • 227

Taqqoslash orqali tahlil etish uchun yuqori kuchlanishli podstansiyalarda 2012–2022-yillarda oralig‘ida yaratilgan o‘tkazuvchanlik quvvati dinamikasini shartli 2 davrga bo‘lamiz.

Demak, BIRINCHI DAVR — 2012–2016-yillarda 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarda olib borilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari natijasida atigi 650 MVA (megavolt•amper) o‘tkazuvchanlik quvvati yaratilgan bo‘lsa, IKKINCHI DAVR — 2017–2022-yillarda 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarda olib borilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari natijasida 5605 MVA (megavolt•amper) o‘tkazuvchanlik quvvati yaratilgan.

⚡️Xulosa shuki, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning yildan-yilga oshib borishi, ya'ni aholi sonining oshishi, turmush darajasi yuksalishi, mamlakatimizda tadbirkorlik sektori — o‘rta va kichik biznes hamda o‘rta va yirik sanoat korxonalari soni jadal sur'atlarda ortib borayotganiga muvolfiq tarzda energetika sohasi ham isloh etib borilmoqda.

Elektr ta'minoti tizimining barqaror faoliyati — mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning tayanchi hisoblanadi.

❗️«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!

Veb-sahifa:  uzbekistonmet.uz   

Telegram:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati    

Facebook:  https://www.facebook.com/Ozbekiston-milliy-elektr-tarmoqlari-aksiyadorlik-jamiyati-112376337156697/?modal=admin_todo_tour   

Twitter:  https://twitter.com/uzbekistonmet    

Instagram:  https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz  

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz    

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz     

☎️ «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5649

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>