Qiziqarli xabarlar
Beloyarsk AESning BN-800 bloki to‘liq qayta tiklanuvchi yoqilg‘iga o‘tdi
  • 12.09.2022
  • 277

Beloyarsk AESning 4- energiya bloki rejalashtirilgan profilaktik ta'mirdan so‘ng tarmoqqa ulandi. Navbatdagi yadro yonilg‘isini yuklash natijasida BN-800 tez reaktori birinchi marta to‘liq innovatsion MOKS yonilg‘isiga o‘tkazildi.

Atom energetikasi uchun an'anaviy boyitilgan urandan farqli o‘laroq, MOKS yonilg‘i tabletkalarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo VVER reaktorlarida foydalanilgan yadro yonilg‘isini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan plutoniy va uran oksidi, ya'ni boyitish sanoatining ikkilamchi «qoldiqlari» deb ataluvchi uran geksaftoridini ftorsizlantirish natijasida olinadi.

MOKS yonilg‘isidan foydalanish atom energetikasi yonilg‘i bazasini o‘n barobar oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, boshqa atom yelektr stansiyalarida foydalanilgan yadro yonilg‘isiga tegishli ishlov berilgandan so‘ng BN-800 reaktorida qayta ishlatilishi mumkin.

#atomenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1621

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>