Yangiliklar
Prezident: "Qoraqalpog‘istonda ichimlik suvi, ichki yo‘llar, elektr ta'minoti, ishsizlik, narx-navo kabi muammolar yuzasidan bildirilayotgan shikoyatlar yuqoriligicha qolmoqda"
  • 26.08.2022
  • 220

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari kirish so‘zida “Inson qadri uchun” ezgu tamoyili asosidagi tub islohotlar Qoraqalpog‘istonning har bir shahar va tumani, qishloq va ovuli, har bir xonadoniga kirib borishini ta'minlash asosiy maqsadlardan biri ekanini ta'kidladi.

"Men Prezident sifatida 6 yil davomida boshqa hududlarga nisbatan eng ko‘p, ya'ni 9 marta mana shu saxovatli zaminga kelib, bu yerdagi oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan ko‘p-ko‘p muloqotlar qildim.

Ushbu davrda Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirishga qaratilgan 31 ta farmon va qarorlar qabul qildik.

>