Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Olgan bilimlarimni amaliyotda sinab ko‘rib, yurakdan davlat uchun ishlash niyatim bor…”
  • 15.08.2022
  • 297

Murojaat egasi: Alieyva Sarvinoz Baxtiyor qizi, Toshkent shahar

Elektron pochta: fozilxon.zikirov@mail.ru

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum, hurmatli elektr energiya sohasida xizmat burchlarini ado etuvchi xodimlar! Mani ismim Aliyeva Sarvinoz Baxtiyor qizi, 1994-yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilganman, 2012–2016-yillar mobaynida Toshkent davlat texnika universitetining elekt energetika fakultetini tugatganman. Ingliz va rus tillarida bemalol, ravon gaplasha olaman. Turmush o‘rtog‘im aloqa sohasida Toshkentda ishlaydilar. Man ham ishlash niyatida sizlarga murojaat yo‘llamoqdaman. Olgan bilimlarimni amaliyotda sinab ko‘rib, yurakdan davlat uchun ishlash niyatim bor. Farzandlarim bog‘chaga boradi.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Sarvinoz Baxtiyor qizi! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, eng avvalo sizga shuni ma'lum qilishimiz lozimki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborgan bo‘lsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Ma'lumot o‘rnida: «Onlayn rezyume»  https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta:  kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasidan murojaat:

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.

Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

Ma'lum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e'lon qilib borilmoqda. E'tiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/25

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>