O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-iyul kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida samimiy kutib olishdan so‘ng birodar mamlakat delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, u yerda Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Serdar Berdimuhamedov majmua me'moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati