Yangiliklar
“Yuksak” podstansiyasiga 220/110/35 kuchlanishga ega elegazli kompleks taqsimlash qurilmasi o‘rnatiladi
  • 05.07.2022
  • 441

Bugun, 2022-yil 5-iyul kuni xalqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Xitoy Xalq Respublikasining "Shandong Electrical Engineering and Equipment Group Co.Ltd" kompaniyasi o‘rtasida “Yuksak” podstansiyasiga 220/110/35 kuchlanishga ega elegazli kompleks taqsimlash qurilmasini o‘rnatish (KRUE 220/110/10 kV) bo‘yicha qiymati 6.78 mln. AQSh dollari hisobidagi shartnoma imzolandi.

Ahamiyatli jihati shundaki, bunday elegazli kompleks taqsimlash qurilmasi O‘zbekiston Respublikasida ilk marotaba yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, tender savdolari Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan "Magistral elektr tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasi doirasida o‘tkazilgan edi.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>