Yangiliklar
«Samarqand MET» filiali: Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi tadbirlari yuqori darajada o‘tkaziladi
  • 04.07.2022
  • 353

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ ning 2022-yil 24-iyundagi 150-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida "Samarqand MET" filialining 2022-yil 24-iyundagi 136-sonli buyrug‘i e'lon qilindi.

Buyruqqa ko‘ra, "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi barcha 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarda Ko‘rik tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, tadbirlari davomida ishchi-xodimlarning bilim-tajribasini sinov va malaka imtihonlaridan o‘tkazish belgilandi.

Shuningdek, bexatar ish sharoitlarini tashkil etish ko‘nikmalarini hosil  qilish uchun kasb mahorati musobaqalarini o‘tkazish joyi va sanalari kelishib olindi.   

 

✍️ “Samarqand MET” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>